ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA FIZIKA FANI O‘QITUVCHILARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH

SalamatFizika
0

 

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA FIZIKA FANI O‘QITUVCHILARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH

 Turdımuratov Salamat Alimbaevich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi fizika-astronomiya fani metodisti Nukus, O‘zbekiston

 Annotatsiya

Ushbu maqolada fizika fani o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalari yoritilgan. Tadqiqotda so‘rovnoma, intervyu, kuzatuv va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘qituvchilarning texnologik savodxonligi, zamonaviy metodik yondashuvlarga tayyorgarligi va mavjud muammolari tahlil qilingan. Maqolada fizika fanini innovatsion asosda o‘qitish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.

 Tayanch so‘zlar: fizika fani, pedagogik texnologiyalar, o‘qituvchilar malakasi, raqamli ta’lim, metodik tayyorgarlik, innovatsion o‘qitish.

 Аннотация

В данной статье рассматриваются вопросы повышения квалификации и переподготовки учителей физики на основе современных педагогических технологий. В рамках исследования были проанализированы уровень технологической грамотности, методическая подготовленность и проблемы, с которыми сталкиваются учителя, с использованием анкетирования, интервью, наблюдения и практических занятий. В статье представлены предложения и рекомендации по инновационному обучению физике.

 

Ключевые слова: физика, педагогические технологии, квалификация учителей, цифровое обучение, методическая подготовка, инновационное обучение.

 

Abstract

This article explores the issues of professional development and retraining of physics teachers based on modern pedagogical technologies. The study analyzes teachers’ technological literacy, readiness for modern methodological approaches, and existing challenges using surveys, interviews, observations, and practical training sessions. The article presents recommendations for innovative teaching of physics.

 

Keywords: physics, pedagogical technologies, teacher qualification, digital education, methodological training, innovative teaching.

 

XXI asrda ta’lim tizimida ro‘y berayotgan chuqur islohotlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, fan va texnika yutuqlarining ta’limga joriy qilinishi o‘qituvchidan nafaqat o‘z fanidan chuqur bilimga ega bo‘lishni, balki zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llay olishni ham talab qilmoqda. Ayniqsa, fizika kabi aniq fanlar o‘qituvchilari uchun bu talablar yanada dolzarb bo‘lib, ularning uzluksiz ravishda qayta tayyorlanishi va malaka oshirishi bugungi kunda ta’lim sifatini belgilovchi muhim omillardan biridir.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, interaktiv dars metodlari, AKT vositalari, STEM va STEAM yondashuvlari, masalali o‘qitish, gamifikatsiya va projekt metodlar o‘qituvchining kasbiy mahoratini oshirishda samarali vosita sifatida qaralmoqda. Shu bois fizika fani o‘qituvchilarining ushbu texnologiyalar asosida malakasini oshirish masalasi ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi [1], [2].

Mazkur maqolada fizika fani o‘qituvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qayta tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchilar faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiluvchi samarali metodik yechimlar ham ko‘rib chiqiladi.

Ushbu tadqiqotda fizika fani o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirishga qaratilgan malaka oshirish jarayonlarini o‘rganish maqsad qilingan. Tadqiqot quyidagi metodlar asosida olib borildi [3], [4], [5]:

- Nazariy tahlil metodi – zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qituvchilarning malakasini oshirishga oid ilmiy maqolalar, davlat dasturlari, normativ hujjatlar, metodik qo‘llanmalar va ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganilib, tahlil qilindi.

- Empirik metodlar – so‘rovnoma, intervyu va kuzatuv usullari orqali maktab va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan 45 nafar fizika o‘qituvchisining amaliy faoliyati, metodik yondashuvlari va texnologiyalarni qo‘llash darajasi o‘rganildi. Respondentlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi ta’lim muassasalaridan tanlab olindi.

- Tajriba-sinov ishlari – fizika o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli trening kurslari tashkil etildi. Bu treninglarda raqamli laboratoriyalar, simulyatsiyalar, onlayn ta’lim platformalari (PhyLab, Phet, Edmodo, Google Classroom) orqali dars modellarini tuzish, interaktiv metodlarni amalda qo‘llash bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi.

- Statistik tahlil – olingan natijalar asosida o‘qituvchilarning malaka darajasi, texnologiyalarni qo‘llash chastotasi va samaradorligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar SPSS dasturi orqali statistik jihatdan tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalari fizika fani o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga tayyorgarligi, malaka darajasi va amaliyotda duch kelayotgan muammolari haqida quyidagi asosiy xulosalarni berdi: So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondent o‘qituvchilarning 68 foizi zamonaviy texnologiyalar, jumladan raqamli laboratoriyalar, interaktiv metodlar, ta’limiy platformalardan foydalanishning dolzarbligini tan oldi. Biroq ulardan atigi 34 foizi muntazam tarzda ushbu texnologiyalarni amalda qo‘llayotganini bildirdi. Kuzatuv va intervyu natijalariga ko‘ra, texnologiyalarning o‘quv jarayoniga samarali integratsiyasi ko‘proq yosh o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Tajribali o‘qituvchilarda esa metodik an’anaviylikning yuqoriligi va texnik savodxonlikning pastligi kuzatildi. Trening kurslari natijalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga doir qisqa muddatli amaliy mashg‘ulotlar o‘qituvchilarda yuqori qiziqish uyg‘otadi. 3 haftalik treningdan so‘ng o‘qituvchilarning 81 foizi o‘z dars modellariga yangi usullarni kiritganini bildirdi. Statistik tahlil asosida aniqlanishicha, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llaydigan o‘qituvchilarda o‘quvchilarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishi va fan natijalari (reyting ballari) o‘rtacha 15-20% ga oshgani qayd etildi.

Asosiy muammolar sifatida quyidagilar aniqlandi:

-         texnik vositalarning yetarli emasligi (52% holatda);

-         metodik ko‘nikma va tayyorgarlikning past darajada bo‘lishi (46%);

-         muntazam malaka oshirish kurslarining yetishmasligi (39%);

-         zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va namunaviy dars modellarining cheklanganligi (44%).

Ushbu tahlillar fizika fani o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirishda zamonaviy texnologiyalar asosida tuzilgan malaka oshirish tizimining zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu yo‘nalishda tizimli yondashuv, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini shakllantirish va amaliy tajriba almashish mexanizmlarini kuchaytirish lozimligini ta’kidlaydi.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, fizika fani o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar muhim o‘rin tutadi. Ushbu texnologiyalar o‘qituvchining dars berish uslubini yangilaydi, o‘quvchilarda fan bo‘yicha mustahkam bilim, amaliy ko‘nikmalar va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Shu bilan birga, amaliyotda mavjud bo‘lgan qator muammolar - texnik vositalar, metodik bilimlar, tayyor dars modellarining yetishmasligi - bu jarayonni murakkablashtirmoqda [6].

Tadqiqot asosida quyidagi xulosalar chiqarildi:

-         Fizika fani o‘qituvchilarining katta qismi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga ijobiy munosabatda, ammo ularni amaliyotga samarali tatbiq etishda muammolarga duch kelmoqda.

-         Qisqa muddatli trening va amaliy seminarlar o‘qituvchilarning zamonaviy metodik yondashuvlarni egallashida samarali vosita hisoblanadi.

-         O‘qituvchilarning texnologik va metodik tayyorgarligini muntazam va tizimli tarzda rivojlantirish zarur.

Shu asosda quyidagi takliflar ilgari suriladi:

-         Fizika o‘qituvchilari uchun maxsus mo‘ljallangan raqamli kurslar va vebinarlarni joriy etish (masalan, interaktiv laboratoriyalar, simulyatsiya platformalaridan foydalanish bo‘yicha).

-         Har bir viloyat va tuman miqyosida pedagogik innovatsiyalar markazlarini tashkil qilish, bu markazlar orqali zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatish va tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish.

-         Metodik qo‘llanma va dars ishlanmalari bankini shakllantirish, ularni onlayn tarzda o‘qituvchilarga bepul taqdim etish.

-         O‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini baholovchi milliy tizim yaratish va unga muvofiq malaka oshirish kurslarini individual tarzda moslashtirish.

-         Fizika fani bo‘yicha tajribali va innovatsion uslubdagi o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish (sertifikatlar, moddiy rag‘bat, grantlar orqali).

Mazkur takliflarni amalga oshirish natijasida fizika fani o‘qituvchilarining malakasi oshib, o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanadi. Bu esa o‘z navbatida, O‘zbekiston ta’lim tizimini zamon talablari darajasida modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.

 Foydalanilgan adabiyotlar

 1. Sherov D.R., Yusufboyeva Sh.Q. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish // Pedagogs international research journal, 74(1), – 2025. – B. 63–66.

2. Pardayeva S.B. STEM va STEAM yondashuvlarining o‘zaro farqi va ularning ta’limdagi roli // Journal of New Century Innovations, 67(1), – 2024. – B. 248–251.

3. Ирматов, Ф. М. Эффективность современных образовательных технологий в педагогическом процессе (на примере обучения физике). научное знание современности, (8), – С. 34-37.

4. Xusanov B., Fatxullayev F. Yangi pedagogik texnologiyalar – predmetni

o‘zlashtirish omili // Fizika, matematika va informatika ilmiy uslubiy jurnal, №3, – Toshkent, – 2020. 67-69-bet

5. Xusanov B., Xusanova M.Sh., Urunova X.Y., Norboyeva L.Y., Xakimova G.H. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida talaba va o‘quvchilarni fikrlash, xulosalash va xushyorliklarini oshirish usullari // Golden Brain, 2(14), – 202414-18.

6. Ametov R.A., Ismaylov B.K., Bijanov A.K., Nurniyazov P.K. Fizikadan sabaq beriwde elektron tálim resurslarınan paydalanıw arqalı pedagogikalıq maqsetlerdi tuwrı baǵdarlaw // Бердақ номидаги қорақалпоқ давлат университети. Физика фанининг техника соҳасидаги тутган ўрни Республика илмий-амалий конференция материаллари. –Нукус, 2021. –Б. 341-343

Отправить комментарий

0 Комментарии

Отправить комментарий (0)
10/related/default