1-KRK Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning maqsad va rejalarini belgilash

Nargiza
0

Kun mavzusi: Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning maqsad va rejalarini belgilash

Maqsadlar:

-         Pedagoglarda kasbiy va shaxsiy rivojlanish tushunchalarini aniqlashtirish;

-         Pedagoglarga o‘z kasbiy va shaxsiy rivojlanish ehtiyojlarini aniqlashda yordam berish;

-         Kasbiy rivojlanish uchun aniq, o‘lchab bo‘ladigan maqsadlar qo‘yish ko‘nikmasini shakllantirish;

-         Pedagoglarni shaxsiy va kasbiy rivojlanishda davomiylikka undash;

Kutiladigan natijalar: Kun yakunida pedagoglar:

-         Kasbiy va shaxsiy rivojlanish tushunchalarini farqlay oladi hamda ularning o‘qituvchilik faoliyatidagi o‘rnini tushuntira oladi;

-         SMART mezonlariga asoslangan rivojlanish maqsadlarini shakllantira oladi hamda ularni kasbiy faoliyatiga moslashtira oladi;

-         Shaxsiy va kasbiy rivojlanish bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli reja tuzadi va undagi faoliyatlarni izchil amalga oshirishni rejalashtira oladi;

-         Kasbiy va shaxsiy faoliyatidagi muvozanatni saqlash startegiyalarini belgilay oladi;

Kerakli materiallar va jihozlar: flipchart, rangli qalamlar, PowerPoint Prezentatsiya, tarqatma 1-5.

Resurslar: (websayt, platforma, QR kod va boshqa ilovalar)

E’tiborni jalb qilish:

Maqsad: Pedagoglarning diqqatini jalb qilish, mavzuning dolzarbligini ochib berish.

Materiallar: 2-3-slaydlar

Davomiyligi: taxminan 5-10 daqiqa

Topshiriq jarayoni: (Mavzuga oid savol, rasm, aforizm, hayotiy voqea kabilardan foydalanib pedagoglarning diqqatini jamlash va mavzuga olib kirish.)


Rasmga qarang. Ushbu sahnadagi suhbatni o‘qing. Fikringizni bildiring.

Подпись: Alisa:
– Iltimos, qaysi yo‘ldan borishni ayta olasizmi?
Cheshire mushugi:
– Bu sening qayerga borishni xohlayotganingga bog‘liq.
Alisa:
– Menimcha, menga farqi yo‘q...
Cheshire mushugi:
– Unda qaysi yo‘l bilan borishing ham ahamiyatsiz.

 

Peagoglar juftliklarda yoki kichik guruhlarda quyidagi savollarga yozma javob beradi:

1.     Siz hozir hayotingizda qaysi yo‘lda ketyapsiz? (Xavfli lekin o‘sish (rivojlanish) yo‘limi? Oson lekin notinch yo‘lmi? Niyatga asoslangan o‘rta yo‘lmi?)

2.     O‘z yo‘lingizda nimaga erishmoqchisiz? (shaxsiy va kasbiy faoliyatdagi maqsadlaringiz qanday?)

3.     Tanlagan yo‘lingiz sizni shu maqsadlarga olib boradimi? Nega?

4.     Agar sizda barcha yo‘llarni o‘zgartirish imkoniyati bo‘lsa, qanday yo‘lni tanlar edingiz?

Muqobil shakli:

Ishtirokchilar xona bo‘ylab “chap yo‘l”, “o‘ng yo‘l” va “o‘rta yo‘l” belgilariga qarab 3 burchakka ajraladi. Har bir guruh o‘z yo‘lini tanlash sababini muhokama qiladi, keyin qisqacha sinfga taqdim etadi.

Xulosa: Tanlovsiz rivojlanish bo‘lmaydi. Qayerga ketayotganingizni anglashingiz – rivojlanish yo’lingizning boshlanishidir. Bugungi treningda biz o‘z yo‘limizni aniqlab, uni ongli tarzda yurishga harakat qilamiz.

Kun mavzusi yuzasidan mavjud tushunchalarni aniqlash:

(BBB, savol-javob, muhokama kabi metodlardan foydalanib pedagoglarning mavzu yuzasidan mavjud bilimi, tushunchasi, tajribasi, ehtiyoji yoki bo‘shliqlari aniqlanadi.)

Maqsad: Shaxsiy va kasbiy rivojlanish tushunchalarini farqini hamda ularning o‘qituvchilik faoliyatidagi o‘rnini tushuntirish.

Materiallar: 1-Tarqatma, 4-slayd.

Davomiyligi: taxminan 10-15 daqiqa.

Topshiriq jarayoni: Pedagoglar kichik guruhlarda quyidagi “BBB” grafik organayzerning 1- va 2- ustunini to‘ldiradilar.

 

Bilaman:

Shaxsiy va kasbiy rivojlanish deganda nimani tushunasiz?

Bilishni xohlayman:

Shaxsiy va kasbiy rivojlanish haqida nimalarni bilishni xohlaysiz?

Bilib oldim:

KRK yakunida nimalarni bilib oldingiz?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ushbu bosqichda fikrlardan kelib chiqqan holda trener ba’zi xulosalar berishi mumkin, biroq u yoki bu javob to‘g‘ri deb aytilmaydi. Sababi ushbu bosqich tinglovchilarning mavzu bo‘yicha ilk tasavvur egallashlariga va ularning ilk fikrlarini bildirishlariga imkon yaratishga qaratilgan.

Muqobil shakli: 5-slayd

Pedagoglar kichik guruhlarda shaxsiy va kasbiy rivojlanish jarayoni nimalarni o‘z ichiga olishi haqida idrok xaritasi (mind map) yaratadilar. Idrok xaritalari sinfxona devorlariga osiladi. Barcha ishtirokchilar ushbu xaritalarni kuzatib, o‘rganib chiqadilar va yuzaga kelgan savollarga to‘xtab o‘tiladi.

Buni bilishingiz muhim:  


1-topshiriq. Hayot muvozanati g‘ildiragi.

Topshriq maqsadi: Shaxsiy hayot sohalarini tahlil qilishga pedagoglarni undash va qaysi soha ustida ishlash kerakligini aniqlashga yordam berish.

Materiallar: 2- tarqatma, 6-slayd.

Davomiyligi: taxminan 10-15 daqiqa.

Topshiriq jarayoni: Hayotning tomonlari juda ko‘p, ammo bu yerda 8 tasini belgilab oling :

·        Do‘stlar va tanishlar

·        Oila

·        Karyera va ish faoliyati

·        Moliya

·        Ruhiyat va ijod

·        Shaxsiy rivojlanish

·        Hayot quvonchlari

·        Sog‘lik va sport.

Avvalambor quyidagi aylanada 8 ta sohani belgilab chiqing va ushbu sohalarning hayotingizdagi ayni holatini 1 dan 10 gacha balli shkalada  baholang.

Masalan, hozir sog‘ligingiz a’lo darajada bo‘lsa, 9-10 ball, oilaga va farzandlaringizga vaqt bo‘lmayotgan bo‘lsa kamroq ball, masalan, 1-2 ball.

Keyin esa qaysi sohada kamchiliklar bo‘lsa, ularni to‘ldirishga, rivojlantirishga intiling. Har oyda aylanani qaytadan chizib, hayotingiz maromdami-yo‘qmi tekshirib turing. Nimalarga e‘tibor berish kerakligini esdan chiqarmang.

2- topshiriq. Kasbiy vazifalar g‘ildiragi.

Topshiriq maqsadi: Kasbiy vazifalarning bajarilishida bo‘shliqlarni aniqlashga ko‘maklashish.

Materiallar: 3-tarqatma, 7-slayd.

Davomiyligi: taxminan 10-15 daqiqa.

Topshiriq jarayoni: Pedagogning kasb standartiga kiritilgan mehnat vazifalaridan kelib chiqib g‘ildirak qismlarini belgilab oling:

·       


O‘quv jarayonini rejalashtirish

·        Ta’lim samaradorligini ta’minlash

·        O‘zlashtirishni baholash va qayta aloqani (fidbek)taqdim etish

·        Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish

·        Xavfsiz va rivojlantiruvchi ta’lim muhitni yaratsih

·        O‘z-o‘zini rivojlantirish, kasbiy o‘sish

·        Hamkasblar bilan hamkorlik

·        Ota-onalar bilan hamkorlik

 

Keyin esa qaysi vazifalarni bajarishda kamchiliklar bo‘lsa, ularni to‘ldirishga va bu orqali kasbiy rivojlanishga intiling.

Amaliyot.

3-topshiriq. SMART maqsad yaratish.

Topshiriq maqsadi: Pedagoglarga SMART maqsadlar haqida tushuncha berish va to‘g‘ri maqsadlar qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.

Materiallar: 8-9-slaydlar.

Davomiyligi: taxminan 45-50 daqiqa.

Topshiriq jarayoni: SMART mezonlariga asoslangan maqsad tavsifi beriladi. To‘g‘ri va noto‘g‘ri qo‘yilgan maqsadlar taqqoslanadi. Qisqa muddatli va uzoq muddatli maqsadlar haqida ma’lumot beriladi. Pedagoglar o‘zlarining hayot muvozanati va kasbiy vazifalar g‘ildiragida past baho bergan sohalarini rivojlantirish borasida SMART maqsadlarini shakllantiradilar hamda ularni amalga oshirish rejasini tuzadilar. Maqsadlar orasida bog‘liqlik bo‘lishi lozim (uzoq muddatli maqsadga  qisqa muddatlilar orqali erishiladi).

 

Maqsad turi

Aniq - O‘lchanadigan – Erishiladigan – Dolzarb - Vaqtli

Shaxsiy:

Qisqa muddatli

Shaxsiy:

Uzoq muddatli

2.      

Kasbiy:

Qisqa muddatli

Kasbiy:

Uzoq muddatli

4.      

 

4-topshiriq: O‘rganishga hech qachon kech emas!

Maqsad: Pedagoglar shaxsiy va kasbiy rivojlanish yo‘lidagi maqsadlariga erishishi uchun harakatlar strategiyasini ishlab chiqish.

Materiallar: 5-tarqatma,

Davomiyligi: taxminan 45-50 daqiqa

Topshiriq jarayoni: Pedagoglar maqsadga erishish yo‘lida atrof-munit, imkoniyatlar, harakatlarni e’tiborga olgan holda strategik rejalarini tuzadilar.

 

1.     1-qadam:

2-qadam:

3-qadam:

2.     ...

 

Xulosa va refleksiya:

Maqsad: Pedagoglarni kun mavzusi yuzasidan xulosa chiqarish va refleksiv amaliyotni bajarishga undash.

Materiallar: 1-tarqatma.

Davomiyligi: taxminan 10-15 daqiqa.

Topshiriq jarayoni: Pedagoglar mashg‘ulot boshida foydalangan “BBB” metodiga qayta yuzlanadilar va “Bilib oldim” ustunini to‘ldiradilar.

Bilaman:

Shaxsiy va Kasbiy rivojlanish deganda nimani tushunasiz?

Bilishni hoxlayman:

Shaxsiy va kasbiy rivojlanish haqida nimalarni bilishni hoxlaysiz?

Bilib oldim:

KRK yakunida nimalarni bilib oldingiz?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Muqobil shakli:

Quyidagi savollarga yozma ravishda javob berish orqali darsga xulosa yasaladi:

Darsda o‘rgangan 3 ta muhim ma’lumotim?

Dars borasida menda paydo bo‘lgan 2 ta savol?

Mashg‘ulotdan olgan ma’lumotlarim         ichida qaysi          masalada ko‘proq izlanaman?


Отправить комментарий

0 Комментарии

Отправить комментарий (0)
10/related/default