BIOLOGIYA DARSLARIDA
OʻQUVCHILARDA XXI ASR KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION USULLARI
Akimniyazova Raziya Tolıbaevna – Qoraqalpoǵiston
Respublikası Pedagogik mahorat markazining
Biologiya páni metodisti.
Annotatsiya: Mazkur maqolada biologiya fanini oʻqitish jarayonida
oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirishning samarali usullari
yoritilgan. Xususan, kreativ fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish,
kommunikativ kompetensiya, jamoada ishlash va raqamli texnologiyalardan
foydalanish koʻnikmalarini biologiya darslari orqali rivojlantirish masalalari
tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etilgan darslarning samaradorligi kuzatuv natijalari orqali asoslab berilgan. Kalit
soʻzlar: XXI asr koʻnikmalari, biologiya ta’limi, kreativ yondashuv, tanqidiy
fikrlash, raqamli texnologiyalar, kommunikativ kompetensiya, hamkorlikda
ishlash, innovatsion metodlar, STEAM ta’limi, interaktiv metod.
Annotation: This article highlights effective methods for
developing 21st century skills in students through biology education. It
analyzes the development of creative thinking, problem solving, communicative
competence, collaboration, and digital technology usage in biology lessons. The
effectiveness of lessons organized on the basis of modern pedagogical
technologies is substantiated through observational results. Keywords: 21st
century skills, biology education, creative approach, critical thinking,
digital technologies, communicative competence, collaboration, innovative
methods, STEAM education, interactive method.
Аннотация:
В данной статье освещены эффективные методы формирования навыков XXI века у
учащихся в процессе преподавания биологии. Проанализированы вопросы развития
креативного мышления, решения проблемных ситуаций, коммуникативной компетенции,
работы в команде и использования цифровых технологий 1038 на уроках биологии.
Эффективность уроков, организованных на основе современных педагогических
технологий, обоснована результатами наблюдений. Ключевые слова: Навыки XXI
века, биологическое образование, креативный подход, критическое мышление,
цифровые технологии, коммуникативная компетенция, сотрудничество, инновационные
методы, STEAM-образование, интерактивный метод.
XXI asr koʻnikmalari – bu zamonaviy hayot va mehnat bozorining talablariga
mos ravishda rivojlantirilishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va kompetensiyalar
majmuasidir. Ular insonning jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi,
oʻrganish, fikrlash va muammolarni hal etish salohiyatini oshiradi [1, 15-b.].
Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar taraqqiyoti davrida ta’lim
tizimi oldiga mutlaqo yangi vazifalar qoʻyilmoqda. Endilikda oʻquvchilarga
faqat nazariy bilim berish yetarli emas, balki ularda hayotiy koʻnikmalarni
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda [6, 22-b.]. Ayniqsa, XXI asr
koʻnikmalari deb nomlanuvchi tanqidiy fikrlash, kreativlik, kommunikativlik,
hamkorlikda ishlash hamda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish
kompetensiyalari zamonaviy ta’limning asosiy mezoniga aylanmoqda [7, 45-b.].
Biologiya fani mazkur koʻnikmalarni rivojlantirish
uchun qulay fanlardan biri hisoblanadi. Chunki biologiya tabiat, inson
salomatligi, ekologik muammolar va tirik organizmlar bilan bogʻliq real hayotiy
jarayonlarni oʻrganadi. Shu sababli biologiya darslarida interaktiv metodlardan
foydalanish orqali oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga, muammolarni tahlil
qilishga va ilmiy xulosalar chiqarishga oʻrgatish mumkin [2, 78-b.]. Bugungi
biologiya oʻqituvchisidan faqat ma’lumot beruvchi emas, balki innovator,
yoʻnaltiruvchi va motivator sifatida faoliyat yuritish talab qilinadi [3,
56-b.]. Shu jihatdan mazkur maqolada biologiya fanida XXI asr koʻnikmalarini
shakllantirishning samarali yoʻllari tahlil qilinadi.
Biologiya
darslarida XXI asr ta’limiy koʻnikmalarining ahamiyati
XXI asr koʻnikmalari oʻquvchilarning kelajak hayotga
tayyorligini ta’minlaydi. Biologiya fanida ushbu koʻnikmalarni rivojlantirish
quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi [4, 102-b.]: 1. Tanqidiy fikrlash
koʻnikmasi. Biologiya darslarida muammoli vaziyatlar yaratish orqali oʻquvchilarning
tahliliy fikrlashi rivojlantiriladi. Masalan, “Ekologik muammolar inson
salomatligiga qanday ta’sir qiladi?” mavzusida munozara tashkil etish
oʻquvchilarning dalillar asosida fikr yuritishiga yordam beradi [1, 112-b.]. 2.
Kreativlik va innovatsion fikrlash. Oʻquvchilarga biologik jarayonlarni
modellashtirish, loyiha ishlari yaratish yoki tajribalar ishlab chiqish
topshirigʻi berilganda ularning ijodiy tafakkuri rivojlanadi. Masalan, “Kelajak
ekologik shahri” loyihasi oʻquvchilarning kreativ yondashuvini oshiradi [5,
89-b.]. 3.Kommunikativ kompetensiya. Guruhli ishlarda oʻquvchilar bir-biri
bilan fikr almashadi, taqdimot qiladi va jamoada ishlashni oʻrganadi. Bu esa
ularning nutq madaniyati va ijtimoiy faolligini oshiradi [3, 134-b.].
4.Axborot texnologiyalaridan foydalanish. Raqamli
platformalar, virtual laboratoriyalar va multimedia vositalari biologiya
darslarini yanada qiziqarli qiladi. Masalan, hujayra tuzilishini 3D
animatsiyalar orqali tushuntirish oʻquvchilarning mavzuni chuqurroq oʻzlashtirishiga
xizmat qiladi [2, 67-b.]. Tarixga nazar tashlasak, 4K modeli 1950-yillarda AQSh
ta’lim tizimida qoʻllanila boshladi. Hard skills (qattiq koʻnikmalar) ishlarida
oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalari yetishmasligiga urgʻu beradi. Shu bilan
birgalikda soft skills (yumshoq koʻnikmalar) koʻnikmalarini qoʻshimcha sifatida
rivojlantirish masalasini oʻrtaga tashlaydi. Ikkala termin ham IT yoʻnalishidan
kirib kelib, 1960-yillarda toʻliq shakllanadi. “Hard” va “soft skills”
atamalari 1959-yili AQSh armiyasi harbiy xizmatchilarni tayyorlash uchun ilmiy
asoslangan yondashuvni ishlab chiqishni boshlagan. Bu jarayonda tadqiqotchilar
harbiy xizmatchilar uchun faqatgina kasbiy koʻnikmalar (hard skills) emas,
balki rejali oʻqitishga boʻysunmaydigan umumiy kompetensiyalar (soft skills)
ham juda muhim ekanini aniqladilar. Rasman 1968-yilda “Harbiy tayyorgarlikni
loyihalash tizimi” orqali qabul qilingan [7, 23-b.]. Savodxonlik tushunchasi
faqat oʻqish va yozishni bilish bilangina cheklanmaydi. Hozirgi davrda u
axborotni tahlil qilish, biologik hodisalarga ilmiy yondashish, ekologik
muammolarni anglash va sogʻlom turmush tarziga oid bilimlarni amaliyotga tatbiq
etishni ham oʻz ichiga oladi. Biologiya fani tabiat va inson organizmi bilan
bogʻliq boʻlgani sababli oʻquvchilarda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish
uchun keng imkoniyat yaratadi. Shu bois biologiya darslarida oʻquvchilarning
ilmiy va funksional savodxonligini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi [8, 12-b.].
Biologiya
fanida savodxonlik koʻnikmalarining ahamiyati
Biologiya darslarida savodxonlik koʻnikmalarini
rivojlantirish oʻquvchilarning biologik bilimlarni ongli ravishda
oʻzlashtirishiga yordam beradi. Ushbu koʻnikmalar quyidagi yoʻnalishlarda
namoyon boʻladi:
1. Oʻqish savodxonligi- Biologik matnlar,
diagrammalar, jadvallar va ilmiy ma’lumotlarni tushunish hamda tahlil qilish
oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini oshiradi. Masalan, oʻquvchilarga ekologik
muammolar haqidagi maqolalarni oʻqitish orqali ular asosiy gʻoyani ajratib
olishni oʻrganadi.
2. Ilmiy savodxonlik- Biologik hodisalarga ilmiy
asosda yondashish, tajribalarni tahlil qilish va xulosa chiqarish ilmiy
savodxonlikni shakllantiradi. Laboratoriya mashgʻulotlari bu borada samarali
vosita hisoblanadi.
3. Ekologik savodxonlik- Tabiatni muhofaza qilish,
ekologik muammolarni anglash va ularga yechim topish biologiya fanining asosiy
vazifalaridan biridir. Oʻquvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish orqali
tabiatga ongli munosabat rivojlanadi.
4. Axborot savodxonligi- Internet va raqamli
manbalardan biologik ma’lumotlarni izlash, saralash va tahlil qilish
oʻquvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiyasini oshiradi.
Kreativ
metodlardan foydalanish usullari
“Biologik
detektiv” metodi- Ushbu metodda oʻquvchilarga noma’lum biologik hodisa yoki
kasallik haqida ma’lumot beriladi. Oʻquvchilar sabablarni aniqlash uchun
izlanadi va ilmiy xulosa chiqaradi. Bu usul tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi
[5, 102-b.].
“STEAM laboratoriyasi” -Biologiyani texnologiya va
muhandislik bilan integratsiya qilish orqali oʻquvchilar tajriba asosida
oʻrganadi. Masalan, oʻsimliklarning oʻsishiga yorugʻlik ta’sirini oʻrganishda
sensorli qurilmalardan foydalanish mumkin [6, 67-b.]. “Ekologik loyiha” usuli -
Oʻquvchilar mahalliy hududdagi ekologik muammolarni oʻrganib, ularni bartaraf
etish boʻyicha loyiha ishlab chiqadi. Bu usul ijodkorlik va jamoada ishlash
koʻnikmasini rivojlantiradi [4, 145-b.].
“Flipped
classroom” texnologiyasi - Oʻquvchilar
mavzuni oldindan video yoki elektron resurs orqali oʻrganadi, dars vaqtida esa
amaliy mashgʻulot va muhokamalar tashkil qilinadi. Bu usul mustaqil ta’lim
olish koʻnikmasini kuchaytiradi [2, 88-b.]. Kuzatuv natijasi: Biologiya fanida
XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida 8 sinf oʻquvchilari bilan
tajriba-sinov ishlari olib borildi. Tajribada interaktiv metodlar, raqamli texnologiyalar
va loyiha asosida oʻqitish usullaridan foydalanildi.
Kuzatuv
natijalariga koʻra [1, 210-b.; 3, 98-b.]
-oʻquvchilarning biologiya faniga qiziqishi
oshdi,
-mustaqil
fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal qilish koʻnikmalari rivojlandi, -guruhda
ishlash madaniyati shakllandi,
-AKT vositalaridan foydalanish kompetensiyasi
yaxshilandi, -darslarda faollik va ijodkorlik darajasi yuqori natija koʻrsatdi.
Tahlillar shuni koʻrsatdiki, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etilgan biologiya darslari oʻquvchilarning bilim
samaradorligini sezilarli darajada oshirdi, tanqidiy yondashuvi rivojlandi,
muloqati kam oʻquvchilarning dars davomida faolligini oshirdi. Xulosa qilib
aytganda, biologiya fanini oʻqitishda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish
bugungi ta’limning dolzarb vazifalaridan biridir. Kreativ va innovatsion
metodlardan foydalanish orqali oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, kommunikativlik
va raqamli kompetensiyalar samarali rivojlanadi. Biologiya darslarini zamonaviy
texnologiyalar bilan uygʻunlashtirish oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishini
oshiradi hamda ularni kelajak kasbiy faoliyatga tayyorlaydi [8, 40-b.]. Shu sababli
pedagoglar biologiya ta’limida interaktiv metodlar va raqamli vositalardan keng
foydalanishi maqsadga muvofiqdir [1, 215-b.; 4, 198-b.].
Foydalanilgan
adabiyotlar roʻyxati
1. Ishmuhamedov
R. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.
– 215 b.
2. Tolipov Oʻ.,
Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent,
2017. – 198 b.
3. Azizxoʻjayeva N. Pedagogik texnologiya va pedagogik
mahorat. – Toshkent,
4.Muslimov N. Kasbiy kompetentlik va innovatsion
faoliyat. – Toshkent, 2020.
5. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. –
Toshkent, 2019. – 160 b.
6.UNESCO. Education for the 21st Century Skills. –
Paris, 2021. – 112 p.
7.Trilling B., Fadel C. 21st Century Skills: Learning
for Life in Our Times. – San Francisco, 2018. – 240 p.
8. Biologiya fanidan umumiy oʻrta ta’limning davlat
ta’lim standarti va oʻquv dasturi. – Toshkent, 2023. – 45 b.